Yurt qismatini o‘z qismati deb bilgan adib
Har bir xalq shoirining ijodi millat va Vatan taqdiri bilan, uning o‘tmishi, buguni va kelajagi bilan chambarchas bog‘liq. Asl shoir xalqning orzu-armonlari, umid-ishonchlari, dardi-hasratlari va quvonchlarini ifodalaydi.Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti jamoasi 2021-yil 8-aprel kuni Abdulla Oripov nomidagi Yoshlar bog‘ida “Shoirga ehtirom” mavzusida ijodiy tadbir tashkil etdi.
Unda fakultet dekani A.Isakov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Habibullayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiati D.Akbarov, fakultet professor-o‘qituvchilari, yoshlar ittifoqi faollari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda fakultet dekani so‘zga chiqib, bugungi kunda institutimizda Abdulla Oripovga bag‘ishlangan bir qancha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tayotganligini aytib o‘tdi. Jumladan, Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi nishonlanish arafasida institutimiz hududida Abdulla Oripov nomidagi Yoshlar bog‘ining ochilishi talaba-yoshlarni benihoya xursand qilganligini ta’kidladi. Shundan so‘ng, talaba-yoshlar o‘zlarining chiqishlarida Abdulla Oripov qalamiga mansub she’rlardan namunalar o‘qidi.
Shoirning “O‘zbekiston”, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni”, “O‘zbek onasi”, “Ona”, “Sen bahorni sog‘inmadingmi” “Ustozlarim”, ”Muallim” “Ona nigohi” “Jannat ” kabi o‘qilgan she’rlari kechaga yanada fayz bag‘ishladi. Yoshlar ittifoqi faollari kelgusi haftada institutda tashkil etilgan Abdulla Oripov muzeyiga tashrif uyushtirishni rejalashtirshdi.
“Qishloq va suv xo‘jaligi
energiya ta’minoti” fakultetining Yoshlar
bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Habibullayev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati