Kelajakka qadam bugundan boshlanadi
Joriy yilning 9-aprel kuni KXM fakulteti 306-307 guruh talabalari bilan institut psixologi M.K. Muxamedova ishtirokida “Kelajaging o'z qo'lingda” nomli davra suhbati va trening tashkil etildi. Tadbirda guruh kuratorlari N. Xoliqova, N. Ashurov va 306-307 guruh talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbati qizg'in bahs-munozaralar bilan o'tkazildi. Davra suhbat tinglovchilarining mavzuga doir va o'zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bergan savollariga M.K. Muxamedova aniq va keng qamrovli tushunchalar berdi. Tadbir “Institutda o'qishimga sabab.....”, “O'qish mahalida mening kayfiyatim.....”, “Kelajakda – men” va “Quyosh” kabi trening mashg'ulotlari bilan davom ettirildi.
Trening dasturda barcha talabalar faol qatnashishdi, ayniqsa 307 guruh talabasi Yaxshimova Guljahon, Karimova Gulruh, Isoqov Rashidlar juda faol qatnashishdi. Ayniqsa Yaxshimova Guljahon talabalar ichida yoshi katta bo'lganligi tufayli o'z hayotiy tajribalari bilan talabalarga o'rnak bo'ldi. Dastur qizg'in tarzda o'z yakuniga yetdi.
Institut psixologi M.K. Muxamedova axboroti.
TIQXMMI matbuot xizmati