Dala tajribalaridagi faoliyat

"Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari" kafedrasi mudiri texnika fanlari doktori, professor Bakiev Masharif Ro’zmetovich va dotsent Qahhorov O’ktam Abduraximovichlar PSKOM Gidroelektrostansiyasi to’g’onining qurilishida gruntlarni zichlash jarayoni bo’yicha olib borilayotgan dala tajribalarida ishtirok etishmoqda. Dala tajriba ishlari tegishli me’yoriy hujjatlar talablari asosida amalga oshirilmoqda. Institutimiz yetakchi olimlarining ana shunday real ob’yektlardagi dala tajribalari hamda loyihalash-qurilish ishlarida jalb etilishi fan-ta’lim-ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini ta’minlashda muhim qadamdir!

TIQXMMI matbuot xizmati