Angliyada chop etiladigan “QS Global Education News” nomli nufuzli jurnalda ilk bor O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi to‘g‘risida maqola chop etildi
Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligining QS-GEN (Global Education News) xabarnomasining 1-sonida “TIIAME only Uzbek institution represented in QS EECA rankings (TIQXMMI - QS EECA reytingidan joy olgan O‘zbekistonning yagona instituti)” sarlavhasi ostida Toshkent irrigatsiya va qishloqxo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti (TIQXMMI) erishayotgan natijalar to‘g‘risida maqolani chop etilishi O‘zbekiston OTMlari uchun yuksak e’tirof bo‘ldi. Mana ikkinchi yildirki TIQXMMI dunyo universitetlari reytinglarini baholovchi xalqaro reyting agentliklari e’tirofida. 2019 yilda erishilgan yuqori natija O‘zbek OTMlari tarixida Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligining Rivojlarayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari reytingida 301-350 o‘rinda qayd etilishi bo‘ldi. Avval mazkur natija QS ning 2020 yilgi yillik hisoboti (Yearbook) da ham aks etgan edi.
Maqolada, TIQXMMIning QS EECA reytingidagi ishtiroki, reytingda 301-350 o‘rinda qayd etilishi to‘g‘risida, institutda yoshlarga yaratilgan global standartlar asosidagi yuqori sifatli ta’lim, ilmiy hamda akademik ishlar olib borish uchun to‘liq jihozlangan labaratoriyalar yoshlarni intellektual qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarib, ularning kelajakda o‘z sohalaring professionallari bo‘lib yetishishlari uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida gap ketar ekan, institut rektori, Respublika oliy ta’lim kengashining raisi Umurzakov O‘ktam Pardaevichning “pandemiya sharoitita ta’lim berishni bir daqiqaga ham to‘htatmadik” degan so‘zlari keltirib o‘tilgan. Aytish joizki, QS-GEN (Global Education News) xabarnomasi, shu kungacha foliyat yuritib kelgan yilida 5 marta chop etilib kelinayotgan QS WOWNEWS jurnalining mantiqiy davomi bo‘lib, avgust oyida o‘zining birinchi sonini nashrdan chiqardi. Xabarnoma o‘z ichiga dunyo OTMlar yangiliklari, shu jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilarning yutuqlari, dastur ishlanmalari, ilmiy yutuqlar, innovatsiyalar, xalqaro hamkorlik va hamkorlik doirasi tuzilgan shartnomalar, talabalar shaharchasi va OTM huzuridagi ilmiy markaz hamda labaratoriyalarning ochilishi kabi muhim yutuqlarni targ‘ib qilib boradi.
Xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo‘limi mutaxassisi G‘.G‘oziev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati