Muqaddas qadamjolarga sayyohat va hamkorlik shartnomalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.07.2019 yildagi № 4391 sonli “Oliy va o‘rta ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi amalda. O‘zbekiston Respublikasida Oliy ta’lim va o‘rta ta’limni o‘zaro chambarchas bog‘liqligini va uzluksizligini ta’minlash maqsadida, institut rektori professor O‘.P.Umurzakovning jamoaga belgilab bergan vazifalarining bajarilishi doirasida institutning “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani maorif bo‘limi bilan hamkorlikda tumanning 5, 8, 56 - umumta’lim maktablari o‘quvchi va o‘qituvchilar jamoasi bilan bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda dunyoning rivojlangan mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi yetakchi oliy o‘quv yurtlari – Moskva davlat qurilish universiteti va Ulug‘ Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg universiteti tajribasidan kelib chiqib, umumta’lim maktablarida “Muhandislik sinf” lari tashkil etilishi bo‘yicha fikrlar almashildi va kelishildi. Dunyo ekspertlari tomonidan barcha sohalarda jadal rivojlanganligi e’tirof etilayotgan mamlakatimizning yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlanganda muhim o‘rin tutadigan “Muhandislik sinf”lari maqsad va vazifalari belgilandi, hamda yo‘l xaritalari loyihasi qabul qilindi. Bundan tashqari, Respublika Prezidentining 5 ta tashabbusining hayotga tadbig‘i yunalishida maktablar jamoasiga institut tomonidan badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi. Shuningdek, maktabning faxriy ustozlariga 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni bilan sovg‘alar topshirildi.
Shuningdek “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti “Suv energiyasi va nasos stansiyalardan foydalanish” kafedrasi professor o‘qituvchilarining Samarqandning qadimiy tarixiy obidalariga sayohat tashkil etildi.
“SE va NSF” kaf.ass. Z.Urazmuxammedova hamda dekan o‘rinbosari A.Azimov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov