Shashka musobaqasi

2 - talabalar Turar joyida QSXET fakulteti talabalari o‘rtasida 5 dekabr "Shashka musobaqasi" bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada 16 ishtirokchi qatnashdi va ular ichidan eng kuchlilari tanlab olindi. Ushbu musobaqani QSXET fakulteti dekani A.J. Isakov dekan o‘rinbosari A. Botirov va tarbiyachi pedagog, psixolog Dilorom Sagdullaevalar boshlab berishdi. Musobaqa jismoniy tarbiya o‘qituvchisi A. Pirimqulovning hakamligi ostida bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada 1 - o‘rinni Nematov Sultonmurod, 2 - o‘rinni Baxtiyorov Ixtiyor va 3 - o‘rinni Qobiljonov Abror qo‘lga kiritdi.

QSXET fakulteti TJIChAB yo‘nalishi 307 - guruh talabasi Otabekov M.A. axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov.