Hayot qo‘llanmasi
Konstitutsiya (lotincha “sonstitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. Konstitutsiya fuqarolarning huquq va majburiyatlari majmuasidir. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi. Uni bilib va amal qilib yashash insonning kundalik turmushi va oilaviy farovonligining kalitidir. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, xususan Konstitutsiyamizning muhim jihatlarini yoshlarimizga o‘rgatish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan 2-TTJ “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda “Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchilaridan M.O‘.Turdiboeva, B.A.Mamadaminova, tarbiyachi-pedagog D. M.Sagdullaeva hamda GIM fakulteti talabalari ishtirok etishdi.
GIM fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti Bahriddin Muqimov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov