Eng yaxshi innovatsion loyiha

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi Yosh olimlar kengashi nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan joriy yilning 30 may kuni yosh olimlarning innovatsion loyihalarini qo’llab - quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi innovatsion loyiha” ko’rik-tanlovida institutning "Gidromeliorasiya" fakulteti talabalaridan tashkil etilgan "YOUNG INNOVAТSION UNION OF HYDROMELIORATION" guruhi a'zolari ilmiy rahbar Luqmon Samiyev hamda Yorqin Toshmurodovlar boshchiligidagi "Start up va innovatsion, amaliy" loyihalar grant tanlovining respublika bosqichida 2-kurs talabalari Turdiyev Akbarali va Karimova Durdonalar tanlovning "Tabiiy fanlar" yo’nalishida g'olib bo’ldilar. G'oliblar O’zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi Yosh olimlar kengashining 20 000 000 mln so’m miqdoridagi GRANTini qo’lga kiritishdi. Ushbu talabalarni fakultet jamoasi va yoshlari nomidan muborakbod etamiz.

GM fakulteti dekan o`rinbosari X.Tuychiyev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov