Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishdagi hamkorlik
2018 yil 30 noyabr kuni TIQXMMI 2-maʼruzalar zalida soat 15:00 da “Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talabalariga Mirzo Ulugʻbek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-IIB boshligʻi podpolkovnik Daminov Kamoliddin Bobosherovich, Mirzo Ulugʻbek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-IIB boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Xalikov Jahongir Baxodirovlar ishtirokida “Talaba yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda “SXTE va B” fakulteti dekani O.R.Kucharov, “SXTE va B” fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari J.R.Turdiyev, guruh murabbiylari hamda 126 nafar talabalar ishtirok etdilar. Tadbirda Ichki ishlar idoralari xodimlari bugungi kunda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan jinoyatlar ularning turlari, narkotik moddalar isteʼmoli, sotish va tarqatish bilan bogʻliq jinoyatlar ularning salbiy oqibatlari, korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlar, bezorilik, oʻgʻirlik jinoyatlari, nomusga tegish bilan bogʻliq jinoyatlar xususida talabalarga hayotiy misollar va faktlar asosida sodir etilgan jinoyatlarning mohiyati xususida toʻxtalinib, jinoyat hech qachon jazosiz qolmasligi, jinoyatga jazo muqarrar ekanligini taʼkidlab oʻtdilar. Tadbirda maʼruzachilar talabalarni ogohlikka chaqirib, vatanga sodiq va fidoiy insonlar boʻlib yetishishlariga tilakdosh ekanliklarini bildirib oʻtdilar. Tadbir qizgʻin savol-javoblar tarzida boʻlib oʻtdi.
“SXTE va B” fakulteti dekan oʻrinbosari J.Turdiyev axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov