Ilm, ma’rifat - yuksalish poydevori
Joriy yilning 8 fevral kuni Toshkent shahridagi “Botanika bog‘i” Respublikamizdagi Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalarning zamonaviy yutuqlari va ular tomonidan yaratilgan ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi Respublikamizdagi Oliy ta’lim muassalari tomonidan ishlab chiqilgan yangi texnologiyalarni namoyish qilish, texnologiyalarni va tajribalarni almashish, aholi turmush sifatini yaxshilashga va mamlakat iqtisodiyotida yangi investitsion imkoniyatlarni aniqlashga qaratilgan.
Ma’lumki, yangi ishlanmalar va innovatsion ilg‘or usullar - taraqqiyot mezoni hisoblanadi. Shunga asosan, Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada Toshkent Tibbiyot akademiyasining iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan turli kasalliklar uchun davo bo‘luvchi dorivor o‘simliklardan tayyorlangan fito terapiya dori-darmonlari namoyish etildi.
Turin politexnika instituti tomonidan turli robotexnika uskunalari, jumladan Robotbola va kichik robota texnik dronlar, kichik elektromobil xam taqdim qilindi. Toshkent davlat agrar universiteti talabalari tomonidan dexqonchilikda qo‘llaniladigan o‘simliklarning yangi navlari va ularni yetishtirish agrotexnologiyalari namoyish etildi. O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari o‘z yutuqlari bilan o‘quvchi yoshlarni sportga jalb qilish uchun ruhlantirishdi.
Institutimiz iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan bir qator ishlanmalar namoyish qilindi, jumladan:
1. Suvning mineralizatsiya darajasini pasaytirishning avtomatik tizimi.
2. Cho‘kma nasoslarni masofadan boshqarish uskunasi.
3. Nasos agregatini bir tugma orqali boshqarish.
4. Nasos agregatini avtomatik qayta ulash tizimi va boshqalar.
Institutimizdagi iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan ishlamalar Respublikadagi boshqa Oliy ta’lim muassasalari ichida yaqqol ajralib turdi. Shu bilan bir qatorda “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasining Suv tarkibidagi RN ko‘rsatkichini aniqlaydigan laboratoriya jihozi, tuproq namligini o‘lchovchi UMP-1 moslamasi, hamda “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasining daryo o‘zanining parametrlarini aniqlovchi “Acoustic Doppler” laboratoriya jihozlari oliy ta’lim muassasi talabalari o‘rtasida integratsiya vazifasini o‘tab berdi. Ko‘rgazmada institutimiz prorektorlari: R.K. Choriev va T.Z. Sultanov barcha fakultet dekanlari va “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri prof. I.A. Begmatov boshchiligidagi barcha professor-o‘qituvchilar faol ishtirok qilishdi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professori S.X.Isaev axboroti
Institut matbuot xizmati R. Jumaniyozov