Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish

Joriy yilning 7 fevral kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti talabalari joylashgan 1-sonli talabalar turar joyining ma’naviyat xonasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Korona virus” to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, fakultet yetakchisi Sh.Abduqodirov, 1-TTJ talabalar kengashi raisi tashabusi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda institutning “Tibbiy bo‘lim”i shifokorlari B.Ernazarov, bo‘lim hamshirasi X.Hayitovalar talaba-yoshlarga “Korona virus” kilib chiqish holatlari to‘g‘risida talaba-yoshlarga ma’lumot berdi. Shuningdek, yig‘ilishda virusni yuqish yo‘llari, klinik belgilari, oldini olish choralari bo‘yicha kerakli tushunchalar berildi. Bo‘lib o‘tgan davra suhbatida talabalar o‘zini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislar tomonidan kerakli javoblar olishdi. Tadbir so‘ngida Tibbiy bo‘lim shifokorlariga o‘z vaqtlarini ayamasdan tashrif buyurganlari uchun fakultet rahbariyati va talabalar nomidan minnatdorchilik bildirildi.

 

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Eshova H. axboroti

Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov