Prezident Murojaatnomasiga doimiy murojaat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi 2020 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqida bildirgan fikrlarini ayni kunlarda barcha yurtdoshlarimiz qatori talaba-yoshlarimiz ham qizg‘in o‘rganishmoqda. Joriy yilning 3-fevraldan 8-fevraliga qadar “Yer resurslarini boshqarish” fakultetida ta’lim olayotgan barcha kurslarga Prezidentimiz murojaati to‘g‘risida targ‘ibot ishlari olib borildi. Unda institutimizni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori R.Choriyev tomonidan tasdiqlangan jadval asosida, fakultetdagi barcha professor-o‘qituvchilar, xususan B. Xudoyorov, Sh.Narbayev, Q.Raxmonov, U.Nigmadjanov, S.Avezbayev, A.Bobojonov, A.Altiyev, I.Musayevlar hafta mobaynida auditoriyalarga Prezidentimiz murojaatnomasining asosiy mazmuni mohiyatini talabalarimiz e’tiboriga havola etishdi. Ular murojaatnomada asosan talaba-yoshlarga katta imkoniyatlar berilgani va shuningdek, ularning o‘qishi, intilishlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga alohida e’tibor berildi deb alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Shuningdek, talabalarga 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berilgani hamda Murojaatnomadagi: “Ilm yo‘q joyda to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi, ilm, bu – bizga havodek zarur, eng katta boylik – aql-zakovat, eng katta qashshoqlik bu – bilimsizlikdir”, - degan purma’no o‘gitlarni barchamiz anglamog‘imiz darkor. Shu bilan bir qatorda murojaatnomada bugungi kunda dunyoda bo‘lib o‘tayotgan xavf-xatarlar haqida ham alohida e’tirof etildi. Yoshlarga katta imkoniyatlar berilayotgan bir davrda bu imtiyozlardan unumli foydalanish, talaba-yoshlarga kutubxonalardan foydalanish, muntazam shug‘ullanishlari aytildi. Yoshlarimizga munosib ta’lim berish, ularning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini ro‘yobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishimiz, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o‘quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerakligi, xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Tinchlik va sog‘likni ta’minlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz.
Darhaqiqat rejalar, harakat va faoliyat bo‘lmasa, istiqbolli rejalarni amalga oshirish mushkul. Xususan, Murojaatnomada ta’kidlab o‘tilgan alohida muhim 17 ta jihat, qabul qilinishi va qayta ishlab chiqilishi nazarda tutilayotgan 16 ta qonun, shuningdek, kodekslar, konsepsiyalar, dasturlar hamda strategiyalar – bularning barchasi ona Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi. Albatta, bu jarayon biz yoshlardan ulkan mas’uliyatni, tashabbuskorlikni, daxldorlikni talab etadi. Ushbu ma’ruzalar juda qiziqarli va savol-javobga boy bo‘lib o‘tdi. Mazkur davra suhbatidan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Eshova H. axboroti
Institut matbuot xizmati Rahimboy Jumaniyozov