Prorektor  va talabalar uchrashuvi

  Buyuk o‘zbek shoiri va mutaffakiri Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning ijodiyoti va ijtimoiy faoliyati insoniyat va ma’naviyatga, el-yurtga xizmat qilishning betakror namunasidir. U o‘zining butun hayotini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligi va farovonligini ta’minlashga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishlangan. Joriy yilning 9 - fevral kuni “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti talaba-yoshlari joylashgan 1 - talabalar turar joyida sport zalida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda fakultet dekani Sh.Narbaev boshchiligida barcha kafedralarning professor-o‘qituvchilari dekan muovinlari ishtirok etishdi. Davra suhbatida  Mir Alisher Navoiyni mutafakkir shoirligi, davlat arbobi ekanligi haqida juda iliq fikrlar aytishdi.

Shuningdek, ushbu talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Ruzimurat Choriyev, TTJ direktori I.Buxorov, fakultet dekani, barcha fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari ham ishtirok etishdi.  Talabalar turar joyidagi talabalarga yaratib berilgan sharoitlar o‘rganildi. Barcha xonalar, oshxonalar sharoitlari o‘rganildi. Shuningdek, institut prorektori R.Choriyev talabalar bilan suhbatlar olib borish bilan bir qatorda ulardagi mavjud muammolar va takliflarni tingladi. Ushbu muammo va takliflarni bartaraf qilish bo‘yicha talabalar turar joyi direktori I. Buxorov, fakultet dekani Sh. Narbaev hamda H.Eshova, 1 - talabalar turar joyi talabalar kengashi raisi M.Mamatov va talabalar turar joylari kengashi raisi Saidahmedov Jahongirga prorektor tomonidan topshiriqlar berildi.

 

 

TIQXMMI matbuot xizmati