Azaliy do‘stlik ramzi
Ikki xalqning teran tomirlari, qon-qardoshlik rishtalari uzoq davrlarga borib bog‘lanadi. Gap o'zbek va qirg‘iz xalqlarining azaliy do‘st va hamjihatligi haqida. O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari Prezidentlarining rasmiy muloqotlarida, faoliyatlarida ham ana shu hamkorlik va do‘stlikning ifodasi o‘z o‘rnini topayotgani sir emas.
Bugun ertalabdan buyuk yozuvchi qirg‘iz xalqining ardoqli farzandi Chingiz Aytmatovning monumenti poyida institutimiz professor o‘qituvchilari va talabalari hozir bo‘lishdi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi va Toshkent shahar hokimiyati vakillari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu marifiy tadbirda Yozuvchiar uyushmasi raisi, Xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, uyushma raisi o‘rinbosari iqtidorli shoir
G'ayrat Majid, filologiya fanlari nomzodi Zuhriddin Isomiddinovlar so‘zga chiqib Chingiz Aytmatov qirg‘iz xalqi uchun qay darajada ardoqli bo‘lsa, o‘zbek xalqi uchun ham xuddi shunday ardoqli ekani borasida o‘z fikr-mulohazalari bilan so‘zga chiqishdi. So‘ngra adibning "Jamila" qissasi asosida taniqli san'atkorlar tomonidan ishlangan sahna ko‘rinishi barcha ishtirokchilarga birdek ma'qul keldi. Tadbir maroqli va mazmundor tarzda kechdi.
TIQXMMI matbuot xizmati