Аmaliyotning ta'limdagi ahamiyati
Аmaliyot bu nazariy olingan bilimlarni amalda qoʼllay olish demakdir. Аynan shu nuqtai nazardan kelib chiqgan holda “Meliorativ gidrogeologiya” taʼlim yoʼnalishi 2-bosqich talabalari amaliyot rahbari I.Roʼziev va Q.Eshquvatovlar hamrohligida oʼquv-tanishuv amaliyotini “GIDROINGEO” ilmiy tadqiqot institutida tashkil qilishdi. Dastlab institutning katta ilmiy xodimi M.Xolmirzaev institutda bajariladigan ilmiy ishlar va amaliy natijalar bilan tanishtirishdan boshladi. Shundan kiyin “Qattiq foydali qazilma konlari geologiyasi” laboratoriya mudiri M.Zokirov va “Geologik monitoring” boʼlimi katta ilmiy xodimi N.Raximovlar olib borilayotgan tadqiqotlar bilan oʼrtoqlashdi va zamonaviy uskunalar bilan talabalarni tanishtirdi.
TIQXMMI matbuot xizmati