SCOPUS xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallardagi maqolalar taqdimnomasi asosidagi ikkinchi himoya
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/4-son qarori bilan tasdiqlangan “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida NIZOM” ning 1-bob 5-bandiga mufoviq, muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va ro‘yxat bo‘yicha xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 6 ta ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga eksperiment tariqasida dissertatsiya himoyasisiz falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish mumkinligi qayd etilgan. Ushbu talabni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti “Oliy matematika” kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Komilova tomonidan 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui ixtisosligi bo‘yicha t.f.d. B.A. Xudayarovning ilmiy rahbarligida bajardi.
X.Komilova SCOPUS xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallardagi maqolalari asosida tayyorlangan taqdimnomasini TATU huzuridagi ixtisoslashgan ilmiy kengashda muvaffaqiyatli himoya qildi. Ushbu himoya institut tarixida SCOPUS xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallardagi maqolalar taqdimnomasi asosidagi ikkinchi himoya hisoblandi. SCOPUS xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallardagi maqolalari asosidagi birinchi himoya 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ixtisosligining 2-yil tayanch doktoranti Salaxodjaev Raufxon Farxodxonovich i.f.d., professor O‘.P.Umurzakovning ilmiy rahbarligida 2021 yil 17 fevralda bajarilganligi qayd etilgan edi. X.Komilovaning Scopus va Web of Science ilg‘or ilmiy jurnallarida 8 ta ilmiy maqolalari nashr etilgan. Impakt faktori ikkidan yuqori jurnallardagi maqolalarning 6 tasi Q1 va Q2 kvantilli ilmiy jurnallarda chop etilgan. X.Komilovaning bugungi kunda ilmiy maqolalariga iqtiboslik Xirsh indeks ko‘rsatkichi SCOPUS bo‘yicha h=5 ni tashkil qiladi.