Xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlik
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida institutimizga Belarus milliy fanlar akademiyasining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-amaliy Markazi direktori Komlach Dmitriy Ivanovich 7-aprel kuni tashrif buyurdi. Tashrif doirasida D.I.Komlach Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdi, fakultet professor-o‘qituvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida D.I.Komlach yig‘ilganlarga Belarus milliy fanlar akademiyasining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-amaliy Markazi, markazda shu kungacha yaratilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari, bugungi kunda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berib, TIQXMMI bilan ham qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari bo‘yicha yig‘ilganlar bilan fikr almashdi.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani Q.Shavazov
TIQXMMI matbuot xizmati