«Ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash»
Ayolga munosabat–millat, davlat, ertangi kun va kelajak avlodga bo‘lgan hurmatni namoyon etishning asosiy mezoni hisoblanadi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ayollar va yoщlar masalasida jamiyatda gender tenglikni ta’minlash, ayollarimiz uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, yoshlarning o‘z bilim va salohiyatlarini to‘laqonli namoyon etishini ta’minlovchi tizim yaratildi. Hozirgi pandemiya davrida bu boradagi ishlar samarasiga har qachongidanda ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.
Yani, ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va ularga har tomonlama ko‘mak berish–barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.Xususan, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Gidromelioratsiya fakulteti iqtidorli talaba kizlari tomonidan talabalar turar joyida «Go‘zallik salon»i faoliyat yuritilmoqda. Fakultet talabasi Axmadova Durdona o‘z tengdoshlariga xizmat kilish bilan birga tadbirkorlik va o‘z kasbning sirlari bilan o‘rtoqlashib kelmoqda.
GM fakulteti xotin kizlar bilan ishlash bo‘yicha Kengash raisi Z.F. Beknazarova ijodkor kizning bajarayotgan ishlari, muommolari va kelajakdagi tadbirkorlik rejalari xaqida suxbat o‘tkazdi va kerakli tavsiyalarni berdi. Bunday iqtidorli talaba yoshlarni qo‘llab quvvatlash xar bir ustozning vazifasidir. Bu esa jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlar va yoshlarning faolligini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada ko‘chaytirish, jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida o‘zlarining iqtidor va salohiyatlarini to‘laqonli namoyish etishiga keng imkoniyatlar yaratadi.
GM fakulteti xotin qizlar bilan ishlash bo‘yicha
Kengash azosi Z.F. Beknazarova. axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati