Samarqandga sayohat

Yoshlarimiz ongini ajdodlarimiz qurdirgan buyuk yodgirliklar bilan tanishtirish va ularni ziyorat qilish maqsadida Institutimizning "Yer resurslarni boshqarish" fakulteti 3 - kurs 303 - guruh talabalari ko'hna Samarqand shahriga tashrif buyurishdi. U yerda yoshlarimiz Imom Al-Buxoriy maqbarasi, Registon maydoni, Go'ri Amir maqbarasi, Bibixonim maqbarasi, Shohizinda maqbarasiga va birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbaralarini ziyorat qilishdi. Undan tashqari talabalar hozirgi kunda Samarqand shahridagi o'zgarishlar bilan tanishishdi. Yoshlarimiz ko'hna shaharning boy tarixini o'rganib boy tajribalar to'plab qaytishdi.

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o'qituvchisi O'tkir Islomov  axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov