Hazrati Imom majmuasiga tashrif

,,Gidromelioratsiya” fakulteti “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi ,,Suv xo’jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish’’ yo’nalishi 108-guruh talabalari “Hazrati Imom majmuasi”ga tashrif  buyurishdi. Hastimom-Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (16-20-asrlar); majmua imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil ash-Qaffol Shoshiy qabri atrofida shakllangan. Qabr va uning atrofida vujudga kelgan qabriston va me’moriy yodgorlik majmuasi Hazrati imom nomi bilan ataladi. Dastlab Baroqxon madrasasi, keyinroq Qaffol Shoshiy maqbarasi,16-asr oxirlarida Suyunchxo’jaxon va noma’lum maqbara, 1579-yilda Abdullaxon II mablag’iga qo’sh uslubida Shayx bobohoji maqbarasi qurilgan(saqlanmagan).

          

XVI asrda majmua tarkibida sayrgoh bog’ barpo etilgan, ayvonlar qurilgan, hovuz atrofi ko’kalamzorlashtirilgan, xalq sayllari o’tkazilgan. XIX asr o’rtalarida Toshkent namozgohi (Tillashayx masjidi), Mo’yi Muborak madrasasi, Jome masjidi (saqlanmagan) bunyod etilgan. XX asr boshlarida Tillashayx masjidi qayta qurilgan. Eshon Boboxon ham shu joyda dafn qilingan. Hazrati Imom majmuasida O’zbekiston musulmonlari idorasi joylashgan. Ziyorat davomida talabalar majmua haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi bilan birga ruhiy-ma’naviy ongini rivojlantirilishiga zamin yaratildi.           

 

GMTF kafedrasi assistenti D.G’ulomov axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati