Amaliyotga yangicha yondashuv

Institutning 3 - bosqich talabalarining o‘quv jarayonida nazariy tomondan olgan bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliyotda qo‘llash xamda suv xo‘jaligi sohasida yetuk mutaxassis kadr qilib tayyorlash maqsadida Institut rektorining 2018 yilning 25 iyunidagi 683/t - sonli buyrug‘iga asosan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun bir guruh talabalar Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan “Amudaryo chap qirg‘oq” ITHBga tashrif buyurishdi. 
Talabalarga tashkilot rahbari va mutaxassislari, hozirgi kunda bajarilayotgan ishlar ko‘lami hamda mutaxassislar tomonidan suv tanqisligining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qisqacha tushunchalar byerib o‘tishdi. Hamda bu tashkil qilinayotgan ishlab chiqarish amaliyoti oldingi o‘tilgan amaliyotdan keskin farq qilishi, ya'ni zamon talabiga mos ravishda bo‘lishi, har bir talabaga aniq o‘z mutaxassisligidan kelib chiqqan holda, mutaxassis kadrlarni biriktirilishi va ishlab chiqarish amaliyoti aniq reja asosida bo‘lishi talabalarga tushuntirib berildi. 2018 yilning 9 iyulidan 11 avgustgacha bo‘lgan muddatda talabalarning faol bo‘lishlari kerakligi ta'kidlab o‘tildi. 
Talabalar o‘z navbatida o‘quv jarayonida olgan bilimlarini to‘liq ishlatishga va ishlab chiqarish tashkilotining barcha sohalarida yuqori malakali mutaxassislardan foydalanib eng kyerakli bilimlarni o‘zlashtirishga va tajriba almashishga so‘z berishdi.
Talabalar amaliyotni talab darajasida o‘tishlari, institutda olgan bilimlarini to‘liq amaliyotda qo‘llashlari uchun barcha sharoitlarni tashkilot tomonidan yaratilganligi va ularga yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar: “Monitorning sektori” boshlig‘i Davronbyek Kenjayev va kadrlar bo‘limi boshlig‘i O‘tkir  Ro‘zmetov, institut tomonidan “Irrigasiya va myeliorasiya” kafyedrasi dosyenti Baxtiyar Matyaqubovlar tayinlanganligi katta ahamiyatga ega ekanligi e'tirof etildi.
Respublikada bugungi kunda suv tanqisligi global muammoga aylangan bir vaqtda institut talabalarining mazkur muammoni yechishda Xorazm viloyatida suvdan oqilona foydalanib, suv tanqisligini bartaraf qilish bo‘yicha amaliy tomondan ish olib borishi yoki suv tanqisligini his qilishi kelgusida o‘quv jarayonidagi faoliyati  va izlanishlarida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Amaliyot o‘tishga kelgan talabalar o‘z tumanidagi suv xo‘jalik tashkilotlariga buyruq asosida yuborildi va ularni amaliyot o‘tishlarini nazorat qilish maqsadida tumandagi rahbarlar mas'ul qilib belgilandi. Talabalar bilan doimiy ravishda xabar almashish, aloqada bo‘lish yo‘lga qo‘yildi.

 

“Amudaryo chap qirg‘oq” ITHB monitoring bo‘limi boshlig‘i Davronbyek Kenjayev ma'lumoti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov