“Vatanni asl farzandlargina himoya qila oladi”

“O‘zining buyuk tarixi va ajdodlariga munosib voris bo‘lgan xalqimiz

mamlakat xavfsizligini ta’minlashga qodir armiyani  yarata oladi”  

               O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti,

I.A.Karimov

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Harbiy kafedrasida 2018 yil 8 iyul kuni Harbiy kafedra kursantlariga “Harbiy qasamyod” qabul qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori O‘ktam Pardaevich Umurzoqov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirzaev Bahodir Suyunovich, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Shavazov Qodirjon Ochilovich va fakultet dekanlari ishtirok etishdi. Harbiy qasamyod tadbiriga kursantlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari tashrif buyurishdi. Institut rektori O‘ktam Pardaevich Umurzoqov tadbirini kirish so‘zi bilan ochib berdi. Harbiy kafedra boshlig‘i Minlishev Rafik Zilevich kursantlarni tabriklab, institut rektorining harbiy kafedra shaxsiy tarkibini taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘ini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng, institut rektori O‘ktam Pardaevich Umurzoqov tomonidan ofitserlar va kursantlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar topshiridi. Tadbirdan so‘ng kursantlar, mehmonlar va ota-onalar uchun konsert dasturi bo’lib o‘tdi.

“Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o’rinbosari Sh.O.Berdiyev