Erasmus+ DSinGIS loyihasining sentyabr oyiga rejalashtirilgan onlayn boshqaruv yig’ilishi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 7 sentyabr kuni Zoom platformasida Erasmus+ “DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura” loyihasining navbatdagi boshqaruv onlayn yig’ilishi bo’lib o’tdi. Mazkur yig’ilishda loyihaning Vengriya (Obuda universiteti, OU), Avstriya (Zalsburgdagi Paris-Lodron universiteti, PLUS), Germaniya (Leybnis O‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish institute, IAMO) hamda O’zbekistondagi (TIQXMMI, O’zMU, QDU, TAQI, SamDAQI) hamkorlari ishtirok etdilar. Yig’ilishni loyiha koordinatori Lorant Foldvary boshqarib bordi.

Yig’ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • WP1. Loyiha boshqaruvi (tashqi audit, moliyaviy hisobotlar);
  • WP3. O’quv materiallarini yaratish (Xatoliklar nazariyasi moodle kursining yaratilish holati; moodle kurslari bazasini Zalsburgdagi Paris-Lodron universiteti serveridan TIQXMMI serveriga o’tkazish; yaratilgan moodle kurslarini pilot test qilishning 2-bosqichini boshlash);
  • WP4. Ta’lim infrastrukturasini shakllantirish (Qo’shma ilmiy tadqiqot markazi uchun jihozlar sotib olish bo’yicha tender o’tkazish; Qo’shma ilmiy tadqiqot markazi ustavi va Biznes model);
  • WP5. Geofazoviy atamalar glossariysi (garmonizatsiya rejasi va tasdiqlash jarayoni);
  • WP6. Malaka oshirish (PhD talabalarning Yevropada tahsil olishlari, Geoinformatika bo’yicha yozgi maktab);
  • WP7. An’anaviy ilmiy konferensiyalar (Geoinformatika bo’yicha yozgi maktabni GI2020 Xalqaro konferensiyasi bilan birgalikda tashkil etish);
  • WP9. Loyihani tarqatish va natijalardan foydalanish (NEO nashri uchun maqolalar tayyorlash) va boshqa turli masalalar.

Yuqorida ko’rsatilgan har bir masala bo’yicha mas’ullarning hisobotlari eshitilib, keyingi vazifalar belgilab berildi va yig’ilish bayonnomasiga kiritildi. Yig’ilishda TIQXMMIdan loyihaning O’zbekistondagi milliy koordinatori, Yerdan foydalanish kafedrasi tayanch doktoranti Ilhom Abdurahmanov hamda loyihaning O’zbekistondagi milliy menejeri, Innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar klasteri rahbari Mamanbek Reimov ishtirok etib, tegishli masalar bo’yicha ma’lumot berib, o’z fikrlarini bildirdilar.

Yig’ilishda loyiha doirasida yaratilgan onlayn moodle kurlarini O’zbekistondagi hamkor OTMlarda 11.00.07 – Geoinformatika ixtisosligiga qabul qilingan PhD talabalar tomonidan pilot kurs sifatida o’rganib chiqilishi belgilandi. Shuningdek, Geofazoviy atamalar glossariysiga patent olish taklifi bildirilib, bir ovozdan tasdiqlandi. Ushbu glossary bazasini Obuda universiteti serveridan TIQXMMI serveriga o’tkazish vazifasi berildi. GI2020 Xalqaro konferensiyasi va so’nggi monitoring yig’ilishini 2021 yilning 27-30 yanvar kunlari hamda Geoinformatika bo’yicha yozgi maktabni 2021 yilning 1-5 fevral kunlari o’tkazish va uni “qishki maktab” yoki “qisqa intensiv kurs” deb nomlash takliflari bildirib, qatnashchilar tomonidan ma’qullandi.

Loyihaning O’zbekistondagi milliy koordinatori Ilhom Abdurahmanov O’zbekistondagi Erasmus+ offisi tomonidan chop etiladigan “Erasmus+ in Uzbekistan - 2020” nashriga loyiha a’zolari tomonidan loyiha natijalari asosida tayyorlangan 5 ta maqola tayyor bo’lganligini va 8 sentyabr kuni ko’rsatilgan manzilga yuborishini aytib o’tdi. Loyiha to’g’risidagi batafsil ma’lumotni loyihaning quyidagi rasmiy veb-sahifasidan olishingiz mumkin: www.dsingis.eu

TIQXMMI Matbuot xizmati