Yangi o‘quv yili yangi vazifalar sari yetaklaydi
TIQXMMI Axborot-resurs markazining Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi xodimlarining yangi o‘quv yilidagi asosiy vazifalaridan biri, talabalarda kutubxona-axborot madaniyatini tarbiyalash, foydalanuvchilarni muhim va dolzarb axborotlarni tezkor qidirish uslublariga o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.
1-kursdan boshlab talabalarda axborotlarni mustaqil qidirish ko‘nikmalarini shakllantira borib, ularni o‘qish jarayoniga hamda jamoat ishlariga tadbiqetish muhimdir. 2014 yildan boshlab TIQXMMI ARM xodimlari tomonidan vaqtli matbuot nashrlarining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirib borish ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga kelib, elektron ma’lumotlar bazasiga 12 000 dan ziyod jurnal maqolalarining mavzulari, shu jumladan o‘tgan yillardagi eng ko‘p so‘raladigan nashrlarning qisman retrokonversiya ko‘rinishlari kiritilgan.
ARM foydalanuvchilarga 56 nomdan ziyod o‘zbek va rus tillaridagi jurnallarni foydalanish uchun taqdim etadi. Ular jumlasiga : “Ўзбекистон Республикаси ОЛИЙ МАЖЛИС ПАЛАТАЛАРИНИНГ АХБОРОТНОМАСИ = “Ведомости палат Олий мажлиса Республики Узбекистан”, “Ўзбекистон Республикаси ҲУКУМАТИНИНГ ҚАРОРЛАРИ ТЎПЛАМИ” = “Собрание постановлений правительства Республики Узбекистан”, “O`zbekiston qishloq xo`jaligi “, “Agro ilm», «Agro biznes inform», « Замонавий таълим», « Ta`lim texnologiyalari», “ Irrigatsiya va melioratsiya”, “O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining Ma’ruzalari = “Доклады АН Республики Узбекистан”, “ Экономические науки” va boshqa ko‘pgina institutimiz o‘qituvchilarining ilmiy maqolalari chop etilgan jurnallar kiradi.
ARM o‘z fondiga 11 nomda Rossiya Federatsiyasining jurnallarini oladi.Oliy maktab masalalari bo‘yicha: «Аграрная наука», «Водные ресурсы», «Гидротехническое строительство», “Землеустройство, кадастр и мониторинг земель”, “Механизация и электрификация сельского хозяйства” jurnallarini o‘z ichiga oladi. Ushbu jurnallardan instituti-mizning deyarli barcha toifadagi kitobxonlari foydalanadilar. Talabalar referat yozish uchun, aspirantlar dissertatsiya yozish uchun material izlashda, o‘qituvchilar ma’ruzalarga tayyorlanishda. Vaqtli matbuot nashrlari bilan ishlashning muhim tomonlaridan biri bu - barcha jurnallarga elektron ma’lumotlar bazasining mavjudligidir, bu esa o‘z o‘rnida bir vaqtning o‘zida vaqtli matbuot nashrlarining bir nechta nomlari va sonlarini ko‘rishni hamda ushbu ma’lumotlar bazasidan ARM da mavjud barcha avtomatlashtirilgan ish joyidan ko‘rish va foydalanish mumkinligidir.
Biz quyida oliy ta’lim masalalari bo‘yicha jurnallar maqolalari-ning qisqartirilgan ro‘yxatini taqdim etmoqdamiz. Ularning to‘liq ko‘rinishi bilan Siz,Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limida,TIQXMMI ARM tomonidan olinadigan oliy ta’lim masalalari bo‘yicha jurnallarningdolzarb maqolalari orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
ARM raxbari v.b. Axmedova Maxbuba Xikmatovna
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov