Baxtimiz kafolati, hayotimizning mezoni
3 - dekabr kuni E va M kafedrasi professor – o‘qituvchilari tomonidan 8 - dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan kafedrada Konstitutsiya – baxtimiz kafolati, hayotimizning muhim mezoni mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Konstitutsiya davlatning qiyofasi va nufuzini belgilab beradi. Tadbirda kafedra mudiri R.J. Baratov so‘zga chiqib bayram bilan kafedra professor–o‘qituvchilarini tabrikladi. Kafedra assistenti A.Mustafoqulov so‘zga chiqib Konstitutsiya inson huquq va erkinliklari hamda, burchlarini kafolatlovchi birdan-bir asosiy qonun ekanligi to‘g‘risida so‘zladi. Tadbir qiziqarli va mazmundor tarzda o‘tdi.
"Qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minoti" fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Abror Botirov axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov