Millat tanlamas illatga qarshi maqsadli harakat
Unga qarshi kurashish, uni tag tubi bilan yoʼqotish choralari deyarlik barcha davlatlarda borligi kuzatiladi. Bu illat korruptsiyadir. Uning oldini olishga qaratilgan turli yoʼsindagi tadbirlarning muntazam ravishda tashkil etilishining ahamiyati katta. Taraqqiyotga toʼsiq boʼluvchi poraxoʼrlik jamiyatning rivoji, sohalar yuksalishiga oʼzining salbiy taʼsirini oʼtkazadi. Sobiq tuzum orqali saqlanib kelayotgan bu illatga qarshi kurashning huquqiy asoslarini oʼrganish, ijtimoiy-iqtisodiy ildizlarini izlash muhim vazifalardandir. Bu borada soʼz ketganda, 2017-yil 3 -yanvar kuni Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Korruptsiyaga qarshi kurash toʼgʼrisida»gi Qonunni imzolagani va u 2017-yil 4-yanvardan kuchga kirganini taʼkidlash oʼrinlidir. Аyniqsa, Qonun asosida bu illatga qarshi kurashni kuchaytirish boʼyicha Prezident Farmoni va Davlat Dasturi ham qabul qilinib, joriy yilning 29-iyun sanasida muhtaram Prezidentimizning Qarori bilan mamlakatimizda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgani eʼtiborga molikdir. Joriy yilning 10-dekabrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligining mexanizatsiyalash muhandislari instituti xotin-qizlar kengashining tashabbusi bilan “Korruptsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish mavzusida ZOOM platformasi orqali umumiy tadbir boʼlib oʼtdi. Ushbu tadbirda Institutimiz rektori, professor Oʼktam Pardaevich Umurzakov, Oʼzbekiston Respublikasi bosh prokuraturasining oʼrinbosari Svetlana Ortiqova, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori R.Choriev, Institut “Korruptsiyaga qarshi kurash” boʼyicha raisi, professor Аltiev А.S. qatnashdilar. Ushbu yigʼilishni institutning Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori R.Choriev kirish soʼzlari bilan ochib berdi. Shundan soʼng institutimiz rektori soʼzga chiqdilar. Ular oʼz soʼzlarida 2003-yil 9-dekabr kuni Meksikada BMTning korruptsiyaga qarshi konventsiyasi imzolanganligi va ushbu kun Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida eʼlon qilinganligi va shu tariqa 2004-yil 9-dekabr kunidan boshlab Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanishi toʼgʼrisida gapirib oʼtdilar.
Shundan suoʼng Oʼzbekiston Respublikasi bosh prokurorining oʼrinbosari Svetlana Baymurzaevna Аrtikova soʼzga chikdi. U 2019−2020-yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilinganligi, Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-may kuni "Oʼzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida"gi farmonni imzolangani va Hujjat korruptsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obroʼ-eʼtiborini oshirishga qaratilganligi toʼgʼrisida maʼlumot berib oʼtdi. Bu illat zanglash-chirish demakdir.
Idoraviy korruptsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, ularning hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar toʼqnashuvining oldi olinishini taʼminlash boʼyicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish orqali tegishli sohada korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yoʼqotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi. Jinoyatchilikning oldini olishga yordam berish kerak. Hamma narsa jinoyatchilikdan kelib chiqadi. Korruptsiyaga qarshi kurashishda shafqatli boʼlish kerak emasligi borasida soʼz yuritildi. Talabalarning qiziqishlari va savollaridan zavqlangan S.Аrtikova pandemiyadan soʼng birinchi uchrashuvni institutimiz yoshlari bilan oʼtkazishga soʼz berdi. Soʼngra Аltiev А.S. “Korruptsiyaga qarshi kurash” toʼgʼrisida qoʼyidagi maʼlumotlarni berib oʼtdi. Korruptsiya hozirgi kunning dolzarb masalalardan biridir. Oʼzbekistonning xalqaro hujjatlarga qoʼshilganligi, majburiyatlar olganligi juda katta samara berayotganligi, yoshlarga rahnamolik qilish borasida soʼz yuritdi. Oʼzingizga yaxshi maʼlum, bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali muammoning yechimiga katta eʼtibor berilmoqda. Bu borada institut saytida ochilgan maxsus havola hamda telegramm ijtimoiy tarmogʼidagi “STOPKORRUPTSUYA” platformasi muntazam ishlab turibdi. Talabalar korruptsiyaga holatlariga doir hatti-harakatlarni sezgudek boʼlsa ushbu kanal va havolaga bemalol maʼlumot qoldirishi mumkin. Shuningdek, institutda korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha taʼlim berishga masʼul professor-oʼqituvchilarning malakasini va kasbiy tayyorgarligini oshirish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi malaka oshirish kurslarida 8 soatlik oʼquv kurslarida muntazam ishtirok etib kelmoqdalar. Bugungi tadbir ham oliy taʼlim sohasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qadamlardan biri desak toʼgʼri boʼladi.
TIQXMMI matbuot xizmati