Beshinchi tashabbus amalda
2020 yilning 10 fevral kuni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R.Choriyev, bo‘lim boshlig‘i Z.Haydarov, dekan B.Norov, Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari hamda fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari 3-talabalar turar joyidagi tikuvchilik sexiga tashrif buyurishdi. Tashrif chog‘ida talaba-qizlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan mazkur sexda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Jumladan, tikuvchilik sexi butunlay ishga tushib ayni paytda talaba-qizlarimiz tomonidan buyurtmalar bajarilayotganiga guvoh bo‘lindi. Shuningdek, qizlarning barchalari o‘zbek milliy adras matosidan libos kiyib olganlari xam tashrif buyurganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi va bu esa kiska vakt ichida kizlar mexnati samarasini namoyon etdi. Tikish ishidan tashqari talaba-qizlarimiz tomonidan liboslar dizayni ustida ishlar ham olib borilayotgani barchani quvontirdi.