Xalqaro anjumanga tayyorgarlik qanday

Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Sultonov boshchiligida 2-3 mart kunlari rejalashtirilgan “I-Xalqaro: Yangilanayotgan O‘zbekistonda  xotin - qizlarning  ilm – fan taraqqiyotidagi roli va Gender tengligi” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanga tayyorgarlik ishlarini  tahliliy yig‘ilishini o‘tkazildi. Bunda  institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori  R.Choriev, institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi raisi va barcha a’zolari, B.Matyakubov,  “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” va “Gumanitar fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi. Maqsad bitta,- deb boshladi T.Sultonov o‘z so‘zini. - Xalqaro anjumanga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rgan holda o‘tkazish va institut mavqeini ko‘tarish, professor-o‘qituvchilarni salohiyatini ko‘rsata olish. Shunday ekan, biz tayyorgarlikni puxta olib borishimiz kerak.

  • Birinchi navbatda topshirilayotgan maqolalarimizning sifati, soni, ertangi kunda nashr ettirish darajasi.
  • Ikkinchidan,  Scopuc va WOS bazasiga kiritilgan jurnallarga maqolalarni nashr ettirish.
  • Uchinchidan, me’yoriy xujjatlarni tayyorlash, kirish va tabrik so‘z uchun nomzodlarni aniqlash, Dastur va Press-reliz, xat, taklifnomalarni tayyorlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Bu borada institut Xotin qizlar maslahat Kengashi a’zolariga barcha fakultetlar kesimida maqolalar topshirilish vazifalari yana bir bor yuklatildi. Chunki maqolalar berish kuni  bir haftaga uzaytirildi. Bu vazifalarni nazoratini  yukorida nomlari keltirilgan kafedra professor-o‘qituvchilariga topshirildi. Negaki bu xalqaro anjuman ikki kafedralarning hamkorligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yig‘ilishda hamkor tashkilotlardan onlayn qatnashadiganlar ruyxati ham shakllantirildi. Bu boradagi tayyorgarlik ishlari va nazoratini olish ertangi kunda xalqaro anjumanni yuqori saviyada o‘tkazishga zamin bo‘ladi.

Bu fikrlar bo‘yicha R.Choriev ham tayyorgarlik masalalarida to‘xtalib, har bir fakultet va bo‘lim xodimlariga yana bir bor eslatish, tushgan maqolalarni ko‘zdan kechirish, ayniqsa xorijiy hamkorlardan kelayotgan maqolalarga e’tiborni qaratish kerakligini ta’kidladi. Anjuman sho‘balariga raislarni belgilash va ular bilan ZOOM platformasiga alohida seksiyalarda ma’ruzalarni tashkil etish masalalari ham nazarda tutildi. T.Sultonov qatnashuvchilar tomonidan berilgan savollarga javobi bilan yig‘ilishni yakunladi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati