TIQXMMIning “Defuse-IT” loyihasi WIF 2020 ko’rik tanlovi g’olibi bo’ldi
O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va "Evroosiyo muhandislik kompaniyasi" MChJ (Rossiya EEC) tomonidan "Jahon yoshlar innovatsion forumi - 2020" birinchi yillik xalqaro innovatsion forumi bo'lib o'tdi. "Jahon yoshlar innovatsion forumi - 2020" o'tkaziladigan Xalqaro yoshlar innovatsion forumining maqsadi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun mablag' to'plash orqali respublikada innovatsiyalar sohasini rag'batlantirish va faollashtirish uchun sharoitlar yaratish, shuningdek milliy innovatsion loyihalarni xalqaro ekspertlar ko'magi bilan ta'minlash va rivojlantirish hisoblanadi. Xususan, forum loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun vakolat markazi bo'lgan davlat, biznes va innovatsion soha vakillarining o'zaro aloqalari uchun doimiy maydon yaratadi.
Ushbu forumda institutimizning “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasining “Defuse-IT” loyihasi ham ishtirok etdi. Loyiha 2 bosqichdan muofaqiyatli o’tib qishloq xo’jaligi yo’nalishining eng yaxshi loyihasi nominatsiyasida faxrli 1 -o’rini qo’lga kiritdi. Eslatib o’tamioz Defuse-IT loyihasi yuqori va o’rta sho’rlangan suv resurslarini tozalash uchun maxsus konstruksiya va avtomatik nazorat tizimini yaratishga qaratilgan Loyiha ustida “TJICHAB” kafedrasininf “A&B engineering” labaratoriyasi hodimlari dotsent Usmanov A.M., tayanch doktorant Ozodov E.O. va magistrant Yusupov M. ish olib bormoqdalar.
TIQXMMI matbuot xizmati