«Mahorat darslari haftaligi»
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor tashabbusi bilan bir haftaga mo‘ljallangan «Mahorat darslari haftaligi» o‘quv-seminar darslari tashkil etildi. Mahorat darslarining birinchi kuni Institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Ruzimurat Choriev bilan tashkil etildi. Ruzimurat Choriev dastavval hozirgi kunda Mamlakatimizda yoshlar sohasida olib borilayotgan izchil isloxatlar, yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar va institutimiz talabalarining faolligi va Respublika miqiyosida o‘tkazilgan tanlovlarda erishilgan yutuqlari yuzasidan qisqacha to‘xtalib, bir nechta iqtidorli talabalarni e’tirof qilib o‘tdi. Institutimiz Talabalar turar joyida talabalarimizga yaratib berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘zining tikish, bichish qobilyatini shakillatirib borayotgan qizlarimiz va Institutimizning yosh olimlardan tashkil topgan “Hydroleaders” jamoasida bir qancha faol talabalarimiz o‘zining dasturlash va ilmiy sohalardagi salohiyatini ko‘rsatib, institutimizning ijtioiy faolligi va ilmiy salohiyatini oshirishga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgani ham institutimizdagi yoshlarga keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat berishiga urg‘u berib, kelgusida talabalarning ta’lim olishi, ijtimoiy faolligini oshirishda qilinadigan ishlar ko‘pligi va bunda faol talabalarning o‘rni kattaligini Ruzimurat Choriev qayta va qayta ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv yakunida faol talabalar tomonidan ko‘plab yangi loyihalar yuzasidan takliflar bildirib o‘tildi va amalga oshirish mexanizmlari kelishib olindi. Mahorat darslarining ikkinchi kuni Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov bilan “Notiqlik sirlari” mavzusida ochiq davra suhbati tashkil etildi. Dastavval, Rahimboy Jumaniyozov notiqlik sirlari bo‘yicha o‘z tajribasidan o‘tkazgan vaziyatlar va notiqlikda asosan nimalarga e’tibor berish lozimligi va mashhur notiqlar o‘z nutqini qay tarizda iroda etganligi yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdi. Uchrashuvning ikkinchi qisimida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Shu o‘rinda takidlash lozim-ki jamiyatimizning qaysi bo‘g‘inida faoliyat olib borishingizdan qa’tiy nazar, notiqlik sa’nati sizga zarur hisoblanadi. Uchrashuv yakunida Rahimboy Jumaniyozov talabalarga notiqlik sirlari yuzasidan yozilgan xorijiy va o‘z qalamiga mansub adabiyotlarni tavsiya qilib o‘tdi.
Mahorat darslarining uchunchi kuni Institut yoshlar va talabalar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Zuhriddin Haydarov bilan tashkil etildi va uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining parlamentga yo‘llagan murojaatnomasida keltirib o‘tilgan yoshlar sohasidagi isloxatlar yuzasidan talabalarga ma’lumotlar berilib o‘tildi. O‘z kelajakiga va davlatimiz ravnaqida o‘zining mustahkam o‘rnini ko‘roladigan, tashabbuskor talabalar tomonidan yoshlar siyosatida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi. Murojaatnomga nazar soladigan bo‘lsak 2 soat 44 daqiqa davom etgan va ushbu murojaatda eng ko‘p to‘xtalib o‘tilgan masala yoshlar sohasiga tegishli ekanligini kuzatish mumkin. Bunday uchrashuvlarda albatta talabalrimizning siyosiy bilimlari, va tanqidiy-taxliliy fikrlash qobilyati shakillanib boradi va vaziyatga to‘g‘ri baho berishga odatlanadi. Mahorat darslarining to‘rtinchi kuni Yoshlar tadbirkorligin qo‘llab-quvvatlash markazi hamda Ziyoforum.Uz ilm-fanni rivojlantirish jamoat fondi xodimasi Shaxribonu Umirboeva bilan talaba qizlarimiz uchun jamiyatimzda xotin-qizlarning tutgan o‘rni gender tengligi mavzusida ochiq suhbat tashkil etildi, uchrashuv davomida Shaxribonu Umirboeva o‘zining faoliyatida yuzaga kelgan muammolar va jamiyatda qaysi sohalarda shu paytgacha gender tengliki muammolari hali ham o‘z yechimini topmagani va bunga hozirgi zamon qizlari qanday qarashi yuzasidan o‘zining shaxsiy fikrlarini bildirib o‘tdi. Talaba qizlarimiz tadbirkorlik va siyosiy jarayonlar yuzasidan juda ko‘plab savollar bilan murojaat qilishdi. Uchrashuv yakunida Shaxribonu Umirboeva tomonidan tashkil etilgan “Qizlar klubi”ga institutimizdan ham talaba qizlan a’zolikga olindi va birgalikda faoliya olib borishga kelishib olindi.
Mahorat darslarining beshinchi kuni Institut yoshlar yetakchisi Akmal Berdimurodov hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi xodimi Akbarov Dilmurod bilan ochiq suhbat tashkil etildi.Institut yoshlar yetakchisi Akmal Berdimurodov tomonidan hozirgi kunda yoshlar o‘rtasida ommalashgan frilanserlik, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va blogerlik faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi xodimi, Prezident stipendiyasi sovrindori Akbarov Dilmurod tomonidan davlat nomdor stipediyalariga hujjat tayyorlash va Nomdor stipediyalarga nomzod talabalr qanday talablarni bajarishi lozimligi yuzasidan barcha ma’lumotlarni batafsil yoritib berdi. Quvonarlisi shundaki har ikkitasi sohaga ham qiziquvchi talabalar ko‘pligi va ular o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib harakatlanayotgani bu- albatta kelgusida institutimiz talabalari safidan nafaqat Respublika balki xalqaro darajadagi mukofotlarni ham qo‘lga kiritgan talabalar chiqishiga dalolat beradi.
Ushbu mahorat darslari barchasi o'nlayn ko‘inishda tashkil etildi va kelgusida ananaviy ko‘rinishda Respublika miqiyosidagi spikerlar bilan hamkorlikda talabalrning dunyo qarashi va fikrlash doirasini kengaytirishga xizmat qiladigan mahorat darslari va o‘quv-seminarlarini tashkil qilamiz.
TIQXMMI matbuot xizmati