Tadbirkorlik - taraqqiyot talabi
2021- yil 11-fevral kuni institutning “Turonbank” ATB o‘quv xonasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan “Deputatlar va tadbirkorlar muloqot forumi” doirasida “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora tadbirlari” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Fan, ta’lim, madaniyat va sport qo‘mitasi raisi Zaxidov Erkin Agzamovich, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi mas’ul xodimi Madaliev Xasan Hakimbaevich, Kapitalbank ATB bosh mutaxassisi Yandashev Maqsud Pano o‘g‘li, O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Rasulev Bobur Atxamovich, O‘zbekison Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Toshkent shahri bo‘yicha mas’ul xodimi Alimuhammedov Dilmurod Maxmudjanovich, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasining mas’ul xodimi va bir guruh tadbirkorlar ishtirok etishdi.Tadbir savol - javoblar ruhida o‘tdi. Iqtisodiyotning real sektorida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlari va mavjud ayrim muammolar qizg‘in muhokama qilindi.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati