Muloqot va muomаla hamda ta’lim va tarbiyada tilning o‘rni
Prezidentimizning o‘tgan yili davlat tili to‘g‘risidagi qaror va farmonlari zimmamizga ulkan vazifalarni qo‘ygani rost. Kuni kecha O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ana shu masalalarga e’tibor qilingani ham bejiz mas. Videoselektorda respublika bo‘yicha 300dan ziyod qishloq va mahallalarning, 400ga yaqin ko‘chaning eski, sovetlar davriga xos yoki biror mantiqsiz, tushunarsiz nomlari haligacha saqlanib qolayotgani tanqid qilindi.
Tilimizda bir-biridan chiroyli, ma’nolari keng so‘zlar ko‘pku?! Qolaversa, har bir mahallaning tarixi, iqlimini aks ettiradigan nom qo‘yish mumkin edi-ku?! Og‘izga kelgan gapni vaysagandek, bo‘lar-bo‘lmas nomlar qo‘ygandan ko‘ra, dedi bosh vazir. Prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2019 yilning 21 oktyabrdagi farmoniga muvofiq joylarda davlat tilida ish yuritish uchun alohida maslahatchi lavozimi joriy etilishi ham masalaning qay darajada muhimligi va dolzarbligini bildiradi.
Joriy yilning 10 mart kuni “Gidrotexnika qurilishi”, “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalashtirish” va “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetlarining iqtidorli talabalari “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi” ga tashrif buyurishdi va “Til - taraqqiyot tarozisi” nomli ko‘rsatuvning yozib olinish jarayonida qatnashishdi, o‘z savollari bilan faol ishtirok etishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati