Amaliy ishlarga tahliliy nazar
2020 yil 11 mart kuni B-o‘quv binosi 108-auditoriyasida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti guruh murabbiylari bilan Institut murabbiylar kengashi raisi Z.Ismailova, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Z.Haydarov va “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani R.Xakimovlar ishtirokida fakultetda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish va qilingan ishlar tahlili yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Yig‘ilishni fakultet dekani R.Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berib, oldimizda turgan vazifalar, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning holati va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Yig‘ilishda murabbiylar kengashi raisi Z.Ismailova so‘zga chiqib, murabbiylik ishlarini tartibga soluvchi mezonlar va murabbiylar oldida turgan vazifalar, shuningdek, murabbiylik faoliyatini jonlantirish borasida talablar bo‘yicha tushuntirish va fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Z.Haydarov so‘zga chiqib, murabbiylar tomonidan olib borilayotgan ishlarni sarhisobi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan murabbiylar oldida turgan vazifalar xususida tushuntirish ishlarini olib borib, barcha murabbiylarni o‘z faoliyatlarini Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 3 mayda “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli qabul qilingan qarori asosida yo‘lga qo‘shish yuzasidan takliflarini bildirib o‘tdi. Yig‘ilish so‘ngida murabbiylar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.
TIQXMMI matbuot xizmati