Bayramingiz muborak!
Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni esa ularga. Goʻzallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uygʻunlashib ketadi. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami goʻzal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ayol azaldan mehr-shafqat timsoli boʻlib kelgan. Ayol deganda, koʻz oʻngimizda avvalo, ulugʻ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot sir-u asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli oʻrganadi. Ayol borki, olam munavvar, ayol borki hayot goʻzal va maftunkor. Inson, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda, tasavvur etib boʻlmaydi.
Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokat kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida, moʻtabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. Shu sababli ham 8-martni aynan Ayollarimiz kuni yaʼni, xalqaro xotin-qizlar kuni deb, keng nishonlaymiz. Ushbu bayram bugun nafaqat yurtimizda, balki dunyoning barcha burchaklarida juda keng nishonlanmoqda. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti erta tongdan institutimiz yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti tomonidan 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan institutimizning barcha ayol va dilbar qizlarimizni bayram tabrigi sifatida kutib olishdi.
Shuningdek, institutning madaniyat saroyida 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan katta tadbir boʻlib oʻtdi. Ushbu bayramda taklif etilgan barcha ayollarimizni institumizning Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori Q.Shavazov bayram tadbiriga sifatida ularni kutib oldilar va gullar va sovgʻalar bilan mubarakbod etdilar. Shuning bilan bayram tadbiri bahor valsi bilan boshlanib ketdi. Unda institutimizning talaba qizlari oʻz raqslari bilan ishtirok etishdi va institutimiz rektori Oʻ. Umurzakov soʻzga chiqib, barcha opa-singillarimizni 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklab, bayramni tadbirniochib berdilar. Shundang soʻng bayram tadbirni turli kuy qoʻshiq va raqslarga ulanib, ketdi. Unda ishtirok etgan institutimiz talabalari oʻzlarini dilrabo qoʻshiqlari, turli raqslari va sahna koʻrinishlari bilan barcha yigʻilganlarni xushnud etishdi. Chindan ham ayollarimizning oilada tutgan oʻrni beqiyos. Oqila goʻzal ayollar oʻzlarining gʻamxoʻrligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Ulugʻ donishmandlar Vatanga eng munosib taʼrif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta maʼno bor. Dunyoda “muqaddas” degan soʻzga eng munosib zot ham – Onadir. Ushbu bayram tadbirida tashrif buyurgan el ardogʻidagi halqimizning sevimli saʼatkorlari, munis onajonlarimiz haqida goʻzal qoʻshiqlar ijro etib, barcha ayollarimizni raqsga taklif etishdi.
Bayram juda keng koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. Darhaqiqat, Onani, ayollarni eʼzozlash bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga koʻtarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulugʻlasak, hayotimizning chirogʻi, umrimizning guli deb eʼzozlasak, demakki, oilamizni Vatanimizni eʼzozlagan boʻlamiz. Yana bir bor barcha ayollarimizni bayramlari bilan tabriklaymiz.
“Yer resurslarini boshqarish” fakultetining Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini H.Eshova axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov