Ishlab chiqarish korxonasida amaliy dars mashg‘uloti

Institutimiz  talabalarining  kelajakda  o‘z mutaxassisliklari  bo‘yicha  yuqori malakali kadr  bo‘lib chiqishida ishlab chiqarish korxonalarining o‘rni juda yuqori. “QSXET” fakulteti “Elektr energetikasi (s/x)” ta’lim yo‘nalishining 4-kurs  10-guruh talabalari “5+1” dasturi asosida “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi assistenti A. Sanbetova boshchiligida “Uzkabel” qo‘shma korxonasiga “Elektr energiyasi uzatish va taqsimlash” fani bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi.

Bo‘lim boshliqlari va tajribali mutaxassislar korxonaning umumiy faoliyati hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida talabalarga to‘liq ma’lumot berishdi. Korxona mutaxassislari talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga “master klass” usulida amaliyotda bajarib javoblar berdilar.

 

 

Ma’lumot beruvchi  ETvaQTEM kafedrasi assistenti A.Sanbetova

TIQXMMI matbuot xizmati