Mazmundor ochiq dars
2019-yilning 9-aprel sanasida “Geodeziya va geoinformatika” fanidan “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi katta o’qituvchisi Muxitdinov Jamolitdin Kamolitdinovich rahbarligida "Gidromelioratsiya" fakultetining 107-guruh talabalari uchun ochiq dars tashkil etildi.
Ochiq dars “Trassani nivelirlash natijalarini ishlab chiqish” mavzusida olib borildi. Dars boshlangandan so’ng o’qituvchi J.Muxitdinov mavzu yuzasidan tayyorlangan tarqatma materiallarni talabalarga tarqatib, yangi mavzuning asosiy qismini ochib berdilar. So’ngra an’anaviy ma’ruzalardan chetlashgan holda, galdagi mavzu o’qituvchi tomonidan hayotiy misollar hamda o’xshatishlar yordamida qiziqarli tarzda tushuntirildi. Qolaversa, dars davomida Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlarni rahbarlikka tayyorlash bosh maqsadlarimizdan biridir!” - degan fikrlariga alohida to’xtalib o’tildi.
Ochiq darsni "Gidromelioratsiya" fakulteti dekan muovini Sardor Gulyamov hamda o’quv-uslubiy boshqarma xodimi Sanobar Do’stnazarovalar kuzatib borishdi. Yakunda esa yangi o’tilgan mavzu yuzasidan talabalar “BLITS SAVOLLAR”ga javob berdilar. Kuzatuvchilar dars so’ngida o’qituvchi tomonidan qo’llanilgan zamonaviy pedtexnologiyalar hamda innovatsion yondashuvlarga o’zlarining ijobiy fikrlarini bildirib o’tishdi. Biz talabalar ham ushbu darsga puxta tayyorgarlik ko’rgan ustozimizga guruh nomidan o’z minnatdorchiligimizni bildirib, kelgusida bunday “AJOYIB OCHIQ DARS”lar yanada ko’proq o’tkazilishini so`rab qolamiz.
Yoshlar ittifoqining GM 107-guruh yetakchisi Azizbek Hasanov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov