Toshkent arxitektura-qurilish institutida uchrashuv
O‘z FA akademigi M.M.Mirsaidov va prof. T.M.Mavlonov 9 aprel 2019 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutida iqtidorli talaba, magistr va doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Uchrashuvda institutning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori prof. R.I.Nurimbetov va «Bino va inshootlar» fakulteti professor - o‘qituvchilari qatnashdilar. Uchrashuvni institut rektori v.v.bajaruvchi A.U.Mirisaev kirish so‘zi bilan ochib, M.Mirsaidovga so‘z berdi. M.Mirsaidov o‘z so‘zida yurtboshimizning fanda erishilgan yutuqlarni amaliyotga tadbiq qilinishiga katta e’tibor berayotganligiga, yuqori natijalarga erishgan ilmiy xodimlar, albatta kelgusida taqdirlanishiga hozirgi kunda Prezidentimiz tomonidan to‘la imkoniyat yaratilayotganligini aytib o‘tdi.
M.Mirsaidov Prezidentimizning topshiriqlari bilan O‘zR FAning yuqori darajada ishlayotgan institutlari bilan, ya’ni Yuqori texnologiyalari markazi, Genomika va bioinformatika instituti, Xalqaro quyosh ilmiy-tadqiqot instituti va Sharqshunoslik institutlarida erishilgan va bajarilayotgan ishlar bilan tanishtirganligi va u yerda yuqori salohiyat bilan ishlayotgan yoshlar va ularning erishayotgan yutuqlari to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Xurmatli Prezidentimiz ilmdagi eng katta ilmiy natijalarni ilmiy tadqiqot va oliy o‘quv yurtlarida ishlayotgan yoshlardan kutayotganligini va bu bajarilayotgan ilmiy ishlar innovatsiya g‘oyalari, yangi texnologiyalar va ularning tadbig‘i bilan yakunlanishi haqida ham M.Mirsaidov gapirib o‘tdi. Yoshlar va institut xodimlari tomonidan ko‘p savollar berildi va bu berilgan barcha savollarga M.Mirsaidov tomonidan to‘liq javoblar olindi.
M.Mirsaidov kelajakda davlatimiz tomonidan qo‘yilayotgan dolzarb muammolarni yechish uchun bu institutda bir nechta ilmiy maktablar yaratilishi kerakligini va bu institut bilan O‘zR FA hamda Respublikamizning boshqa oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida integratsiyani rivojlantirishni kerakligini shu jumladan, TIQXMMI da xuddi shu yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori darajadagi ilmiy ishlar olib borilayotganini aytib o‘tdi. Institutning iqtidorli yoshlari Prezidentimizga ilm-fanga katta e’tibor qaratayotganliklari uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. M.Mirsaidov institutda bajarilayotgan ilmiy ishlarni qo‘llab-quvvatlab, kelgusida qilinadigan ishlarga omad tilagan holda o‘zining qimmatli maslahatlarini berdi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov