Mehrga qo`yilgan haykal
Mehr – avlodlarni, yuraklarni bir-biriga bog`lovchi buyuk rishtadir. U bor joylarda tinchlik va xotirjamlik barqaror bo`ladi. Tarixga nazar solsak bugungi tinch-osuda hayotimiz uchun kurashganlarni yodga olmaslikning iloji ham imkoni ham yo`qdir. Ikkinchi jahon urushining asorati barchaning qalbida o`chmas iz, qora dog` qoldirgani haq. “Yer yuzida juda kamdan-kam davlat va millat bunday yuksak insoniy fazilatlar bilan g`ururlanishi mumkin. Vaqt o`tgan sari Shomahmudovlar oilasi ko`rsatgan bu qahramonlikning ahamiyati va qadri tobora ortib bormoqda”, - degan edi Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev. Bir burda non topish ming azob bo`lgan bu vaqtda ushbu himmat qahramonlikdan ham ming chandon ziyoda edi. Haqiqiy insonparvarlik na’munasi bo`lganlarni nafaqat Xotira kunlarida, balki har kun, har on yod etsak arziydi. “Gidromelioratsiya” fakultetining 107-guruh talabalari guruh rahbari tashabbusi bilan poytaxtimizning muhtasham “Xalqlar do`stligi” maydonida qad rostlagan, Shomahmudovlar oilasi sharafiga o`rnatilgan, asl mehrni o`zida aks ettirgan haykal ziyoratiga bordilar, poyiga gul qo`ydilar. Тalabalar “Dunyoni mehr qutqaradi”, - deya bitilgan ulug` hikmat zamirida qanchalar ulkan ma’no va mazmun mujassamligining yana bir bor guvohi bo`ldi.
GM-107 - guruh talabasi Azizbek Hasanov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov