Magistrlik dissertatsiya himoyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizomiga hamda institut rektorining 2019-yil 28-oktabrdagi “Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari, ilmiy rahbarlari va iimiy maslahatchilarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1015 a/f-sonli buyrug‘iga asosan joriy yilning 10 iyun kuni “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi 5A450402-“Nasos stansiyalaridan va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi”, 5A450101-“GES qurilishi va ulardan foydalanish” mutaxassisliklari magistrantlarining dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Magistratura bo‘limi boshlig‘i prof. A.Yangiev magistrantlarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib tadbirni ochib berdi. Magistrlik dissertatsiya ishi bo‘yicha yakuniy Davlat attestatsiyasiga “Chirchiq GESlar kaskadi” UK direktori A.A.Shadmanov raislik qildi. Shuningdek “Gidromaxsusqurilish” AJ bosh direktori K.Sh. Fatillaev,  Gidromaxsusqurilish” AJ bo‘lim boshlig‘i S.Y. Sottiqulov, va “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi mudiri prof. D.R.Bazarov,  professor-o‘qituvchilaridan prof.R.R.Ergashev va   S.K.Xidirovlar magistrantlarining ishlarini e’tirof etib o‘zlarining tavsiya va maslahatlarini berdi.

TIQXMMI matbuot xizmati