Poytaxtimizda “Ilm-fanning zamonaviy muammolari va istiqbollari” (ICPPMS-2021) mavzusida 1 - xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tashabbusi bilan Janubiy Koreyaning Sun Moon, Navoiy davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat transport instituti hamda Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda onlayn anjuman tashkil etildi.
Anjumanda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori, professor O‘.Umurzakov mazkur xalqaro anjuman ilm-fanning turli yo‘nalishlari, jumladan, qishloq va suv xo‘jaligida innovatsion usullar, ilg‘or kimyoviy texnologiyalar, bino va inshootlar qurilishi, energetika va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha yetakchi tadqiqotchilarning ilmiy natijalarini qamrab olishi hamda mutaxassislar uchun keng ilmiy munozaralar maydoni bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdilar.
Ajuman ishtirokchilarning qiziqarli maruzalari bilan yuqori saviyada davom etmoqda. Buni konferensiya ishida muhokama qilinayotgan masalalar yo‘nalishlari va ko‘lami ham alohida tasdiqlaydi. Yana bir muhim jihati, konferensiya davomida olinadigan ilg‘or xorijiy tajribalarni O‘zbekiston misolida amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
TIQXMMI matbuot xizmati