Xodimlarning Buxoro viloyati ziyorat sayohati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora - tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018 yil 7 fevraldagi PQ - 3514 - son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora - tadbirlar rejasining 27-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda institutda fidoiylik bilan mehnat qilib kelayotgan xodimlariga doimiy - gʻamxoʻrlik va eʼtibor koʻrsatish maqsadida 8–9-yanvar kunlari Buxoro viloyatining muqaddas qadamjolariga ziyorat sayohati uyushtirildi. Sayohat qulay va shinam boʻlishi maqsadida borish va qaytish zamonaviy “Talgo” poyezdida amalga oshirildi. Sayohat dastlab institutimizning filialidan boshlandi. Xodimlar filialning kafedralari va boʻlimlari bilan yaqindan tanishib chiqishdi soʻngra Buxoroning muqaddas va aziz avliyo joylariga tashrif uyushtirildi.

 

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Shovazov K. axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov