O‘quv jarayonida dala amaliyoti o‘ta muhim
O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2019 yil 31 iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomondan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4410-sonli qarorida belgilangan vazifalar yuzasidan “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 4-bosqich talabalari ishlab chiqarish amaliyotini "O‘zagroservis" AJ va hududiy "Agroservis MTP" MChJ, Quyi chirchiq tumani “TST Klaster” Xorijiy MChJ korxonalarida o‘tashmoqda. “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti talabalari amaliyot davomida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida foydalanib kelayotgan chet mamlakatlarning zamonaviy “Keys”, “Djon-dir” va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlatish jarayonlarida bevosita ishtirok etishmoqda.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov