“Qo‘yliq” nimstansiyasiga tashrif
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonining 3-bob 5-bo‘limida, ishlab chiqarish korxonalarida dars mashg‘ulotlari va talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, hamda Institutimizning 2019 yil 30 sentyabrdagi 6-majlis bayonining 12-bandiga asosan, ya’ni, Institutda talabalarni 5+1 (besh kun institutda va bir kun ishlab chiqarishda) tizimi asosida o‘qitishni joriy etish maqsadida, 5430500-Qishloq xo‘jaligida energiya ta’minoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi 2 kurs talabalarini, 2019 yilning 9 noyabr kuni “ET va EJF” kafedrasi dotsenti O‘.Xaliqnazarov va assistent O.Matchonovlar 201, 202 - guruhlarni Toshkent shahar markaziy magistral elektr tarmoqlari korxonasiga qarashli “Qo‘yliq” nimstansiyasiga olib borib “Elektrotexnik materiallar” fanidan mutaxassislar bilan birgalikda dars mashg‘ulotlarini olib borishdi. Talabalar uchun bu dars mashg‘ulotlari juda qiziqarli o‘tdi. Talabalar o‘zlari qiziqqan savollarga mutaxassislarda yetarlicha javoblar olishdi.
“ET va EJF” kafedrasi dotsenti O‘. Xaliqnazarov
Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov