“Qurilish ilmida va ta’limida innovatsiya, integratsiya va hamkorlik; Integration, partnership and innovations inconstructions cience and education (IPICSE-2020)” mavzusidagi VII - xalqaro ilmiy konferensiya o‘z faoliyatini boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 09.10.19y. PQ-4486-sonli qaroriga hamda “2020 yil – ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturiga muvofiq institutimizda joriy yil 11-12 noyabr kunlari dunyoning eng kuchli 400 ta oliy o‘quv yurtlari tarkibidagi Milliy Tadqiqotlar Moskva davlat qurilish universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qozog‘iston-nemes universiteti bilan hamkorlikda «Qurilish ilmida va ta’limida innovatsiya, integratsiya va hamkorlik; Integratsiya, partnyorstvo i innovatsii v stroitelnoy nauke i obrazovanii; Integration, partnership and innovations inconstructions cience and education (IPICSE-2020, http://ipicse2020.ru)» nomli VII - xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.
Gidroenergetika, suv resurslaridan unumli foydalanish, qishloq va suv xo‘jaligini iqlim o‘zgarishi sharoitiga moslashtirish, sohadagi mavjud muammolar yechimini aniqlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikda ilmiy izlanishlarni rivojlantirish va yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda xorijning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikni mustahkamlash konferensiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Konferensiyaning quyidagi ilmiy seksiyalarida ma’ruzalar muhokama etiladi:
- Qurilish materiallari.
- Qurilishda ishochlilik va xavfsizlik.
- Qurilishda muhandislik va intellektual (smart) tizimlar.
- Qurilish konstruksiyalarini modellashtirish va mexanika.
- Qurilishda menejment.
- Melioratsiya va gidrotexnika qurilishi.
- Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari.
Konferensiya faoliyatida AQSh, Fransiya, Germaniya, Kanada, Eron, Xitoy, Hindiston, Vetnam, Janubiy Koreya kabi davlatlardan 300 dan ortiq olimlar va ilmiy izlanuvchilar onlayn tarzda ishtirok etmoqda. Muhokamadan o‘tgan ilmiy maqolalar SCOPUS, WEB OF SCIENCE xalqaro bazalar ro‘yxatidagi nufuzli ilmiy-texnik jurnallarda chop etiladi. Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, hamkor univeritetlar, institutlar va ishlab chiqarish tashkilotlarining rahbarlari tabrik so‘zlari bilan ishtirok etishdi:
Milliy Tadqiqotlar Moskva davlat qurilish universiteti rektori v.b. Pavel Alekseevich Akimov, t.f.d., professor, RAASN akademigi. |
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
|
|
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim Kengashi raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori O‘ktam Pardaevich Umurzoqov, iqtisod fanlari doktori, professor.
|
|
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori Bazarov Orifjan Shadievich, t.f.n., dotsent |
|
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Axmedov Sultan Ilyasovich, t.f.n., dotsent |
|
Qozog‘iston-nemes universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Barbara Yanush-Pauletti, yuridik fanlari nomzodi, dotsent |
|
“Gidroproekt” Aksiyadorlik Jamiati bosh direktori Axmedov Alibek Ilxomovich |
VII - xalqaro ilmiy konferensiya o‘z faoliyatini 2020 yil 12 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00da ilmiy seksiyalarda davom ettiradi:
https://zoom.us/j/99421750285?pwd=WGw1c2VJYlhiVERFQUtFQTY0VFBYUT09