Madhiyani madh etib
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov she’ri, O‘zbekiston xalq artisti, atoqli kompozitor Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamizda musaffo osmonimiz, baxtli va farovon hayotimiz, xalqimizning asriy orzulari, kelajakka yorug‘ umidi va mustahkam ishonchi teran ifodalangan.
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi” munosabati bilan TIQXMMI Qarshi filialida “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” tomonidan 10 dekabr kuni ushbu sanaga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qashqadaryo viloyat bo‘limi boshlig‘i, o‘rinbosarlari L.Qambarov, S.Norqulov hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi komandiri leytenant J.Yo‘ldoshevlar ishtirok etishdi. Tadbir barcha yig‘ilganlar tomonidan Davlat Madhiyasini ijro etilishi bilan boshlandi.
Davlatimiz madhiyasi qudratli kuchga ega. Ona Vatanini sevgan, o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtga o‘zini daxldor deb bilgan har bir kishi uning qudrati-yu zalvorini his qilishi, shubhasiz.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Ro‘ziqulov axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov