An’anaviy “Toshkent suv xavfsizligi ma’ruzalari” xalqaro qishki maktab o‘z ishini boshladi
Bugun 10 dekabr kuni dunyoning etakchi olimlari va siyosat sohasi vakillari ishtirokida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutida an’anaviy “Toshkent suv xavfsizligi” xalqaro qishki maktabi o‘z ishini boshladi. TIQXMMI tomonidan Germaniyaning tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligi, Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Germaniyaning Gelmgolts Potsdam geologik fanlar tadqiqot markazi (GFZ), Postdam iqlim o‘zgarishi ilmiy tadqiqot instituti, Xalle-Vittenburg shaxridagi Martin-Lyuter universiteti kabi xamkorlar bilan hamkorlikda “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi doirasida tashkil etilgan mazkur halqaro qishki maktabning ushbu yildagi dasturi asosan iqlim o‘zgarishining suv resurslariga ta’siri, ularni vaqtida baholash va oqibatlariga samarali moslashuv masalalariga yo‘naltirildi.
“Toshkent suv xavfsizligi” xalqaro qishki maktabi ochilishiga bag‘ishlangan yalpi majlisda so‘zga chiqqan yuqori martabali mehmonlar Germaniya tashqi ishlar vazirligi boshqarmasi boshlig‘i janob E.Lange, TIQXMMI rektori prof. O‘.Umurzakov va Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati loyixasi raxbari Doktor K.Milov bugungi reallik sharoitda suv xavfsizli oziq-ovqat, energetika va ekologik xavfsizlikning asosiy qismini tashkil etib, nafaqat alohida mamlakatlar balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishiga markaziy o‘rin tutishini ta’kidlashdi. Jumladan prof. O‘.Umurzakov mintaqada suv resurslari va suv bilan bog‘liq muammolar asosan transchegaraviy xarakterga ega bo‘lgani uchun Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik nafaqat BMT barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishiga, balki barqaror mintaqaviy rivojlanish va alohida mamlakatlarning milliy dasturlari va rivojlanish strategiyalarini amalga oshirish samaradorligiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tdi.
Xalqaro kishki maktabning maqsadlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-talabalar, tadqiqotchilar va qaror qabul qiluvchi doiralar vakillarining kelajakda Markaziy Osiyo mintaqasida qo‘llaniladigan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash;
- suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha talabalar, mutaxassislar, olimlar va qaror qabul qiluvchi doiralar vakillari o‘rtasida muloqot uchun platforma yaratish, shuningdek;
- mintaqaviy salohiyatni rivojlantirishda barcha hamkorlarning ilmiy-texnik salohiyatidan foydalanish.
Xalqaro qishki maktabning ishtirokchilari mintaqadagi barcha mamlakatlar, shuningdek mintaqada tashqarida joylashgan mamlakatlardan bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining tegishli mutaxassisliklari talabalarini, doktorantlar va ilmiy xodimlarni hamda soha mutaxassislari va qaror qiluvchi doiralar vakillarini o‘z ichiga olgan.
Qishki maktab dasturiga Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha qiziqarli ma’ruza va interfaol munozaralar kiritilgan. Qizg‘in o‘gan ma’ruzalar doirasida Markaziy Osiyoda suv xavsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha yaxshiroq qaror qabul qilishga yordam beradigan innovatsion vositalar va usullar taqdim etildi. Ishtirokchilar tomonidan fan va texnologiyalarning zamonaviy natijalarni murakkab suv xavfsizligi muammolari echimida qo‘llash va suv xavfsizligini oshirish mexanizmlari muxokama qilindi.
Xalqaro qishki maktab o‘z ishini ertaga 11 dekabr kuni ham davom ettiradi.