Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kunida

2015-yil 22-dekabrdagi BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida 11-fevralni Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni sifatida e’lon qiluvchi rezolyusiya qabul qilingan. Rezolyusiyaning asosiy maqsadi ayollar va qizlarning ilmiy faoliyatga jalb etilish jarayonida sifat o‘zgarishlariga erishish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, mazkur kunga bag‘ishlangan davra suhbatlari  respublika va xorijdagi olima ayollar tomonidan o‘tkazib kelinmoqda. Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad ayollar va qizlarni ta’lim va ilm-fan sohalaridagi tajriba va yutuqlar bilan tanishish, ilmiy an’analari borasida fikr almashish, ayollar va yosh qizlarning salohiyatini ilmiy innovatsion faoliyatga keng jalb qilish va qiziqtirishdan iboratdir. Bugun ushbu kun munosabati bilan institut Xotin-qizlar Kengashi qoshidagi “Olima ayollar klubi” tomonidan ayollar va talaba-qizlar uchun dotsent Sangirova Umida Ravshanovna tomonidan “Gender bo‘yicha loyihalar va tashabbuslar” mavzusida  “Mahorat darsi” tashkil etildi.

Tadbirga institut Xotin - qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi raisi Z.Ismailova moderatorlik qildi va tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi.Tadbirda barcha institutimizning fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, talaba-qizlar, professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining ham xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslaxat Kengashi raislari, ayol professor-o‘qituvchilari va talaba-qizlari ham qatnashdi.

U.Sangirova tomonidan tashkil etilgan “Master-klass” aynan bugungi xalqaro bayram kuniga katta bir tuhfa bo‘ldi desak, adashmaymiz. Chunki mavzu ham kun talabidan kelib chiqqan holda tanlangan. Ayollar va talaba-qizlarni loyihalar ustida ishlash, biznes dasturlar yaratish, bu boradagi bilishi kerak bo‘lgan o‘quv-me’yoriy xujjatlar va ularni tayyorlash borasida juda katta ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan qiziqarli savollar va fikrlar bildirildi. Shunisi qiziq bo‘ldiki, Toshkent shahridan va viloyatlar kesimida qatnashgan OTM (UrDU, ADU, QarDU, TIQXMMI Qarshi va Buxoro filiali, TDPU, SamDU,TDAU,TDYuU, TDPUJF va boshq.)lar tomonidan hamkorlikda talaba-qizlar bilan davra suhbatlari, qo‘rik-tanlovlar, ilm-fan sohasiga oid festivallar tashkil etish takliflari berildi.

Barcha ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi tomonidan javoblar berildi va Z.Ismailova tomonidan ishtirokchilarni takliflarini keyingi ishlarida inobatga  olish masalasi qayd etildi. Barcha ishtirokchilar tomonidan bugungi bayram munosabati bilan o‘tkazilgan “Master-klass” mahorat darsi qo‘llab quvvatlandi va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Bu esa keyingi institutlararo hamkorlikni yanada kengaytiradi deb xulosa qilishga olib keladi. Yana bir bor bugungi xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar kuni bilan tabriklaymiz.

                  

   TIQXMMI matbuot xizmati