Qiziqarli musobaqa

Sport yoshlarni jismonan sog‘lom, yetuk va barkamol inson bo‘lib kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Shu sababdan ham yurtimizning barcha hududlari bo‘ylab yoshlarni sportga jalb qilish borasida ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada institutimizda ham keng miqyosda ishlar olib borilmoqda.

Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi dotsenti Аdham Mamataliyev, dotsent Shavkat Botirov va o‘qituvchi Shaxboz Mardiyevlar 4-talabalar turar joyida yashovchi 1-kurs talabalari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha qiziqarli musobaqa uyushtirdilar. Musobaqada talabalar bilan birgalikda ustozlar ham ishtirok etdi. Bu esa talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Musobaqa juda ko‘tarinki va do‘stona ruhda o‘tdi. Ustozlarning musobaqada mahorat bilan ishtirok etishi, umuman sport bilan shug‘ullanishlari talabalarga o‘rnak bo‘ldi deyish mumkin.

TIQXMMI  matbuot xizmati