Ishlab chiqarishda dars o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847-sonli Farmonining 3-bob 5-bo‘limida, ishlab chiqarish korxonalarida dars mashg‘ulotlari va talabalar amaliyotini samarali tashkil etish hamda Institutimizning 2019 yil 30 sentyabrdagi 6-majlis bayonining 12-bandiga asosan, ya’ni institutda talabalarni 5+1 (besh kun institutda va bir kun ishlab chiqarishda) tizimi asosida o‘qitishni joriy etish maqsadida, 5430200-“Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” bakalavr ta’lim yo‘nalishi 3 kurs talabalarini, 2020 yilning 12 mart kuni “ET va EJF” kafedrasi assistent O.Matchanov 302a-guruhni “STANDART ELEKTRO TEXNIKA” MChJga olib borib “Ishchi kasbni egallash” fanidan mutaxassislar bilan birgalikda dars mashg‘ulotlarini olib bordi. Talabalar dars mashg‘ulotida ishlab chiqarishda bo‘layotgan jarayonlarni, elektr uskunalarini, transformatorni yasalishi va ehtiyot qismlari bilan tanishib ularning ishlashi, vazifasi hamda montaji bilan bevosita o‘rgandi. Bu kabi dars mashg‘ulotlari talabalarga juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan yetarlicha javoblar olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati