“O‘zdonmahsulot” AKda 5+1 dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847-sonli Farmonining 3-bob 5-bo‘limida, ishlab chiqarish korxonalarida dars mashg‘ulotlari va talabalar amaliyotini samarali tashkil etish hamda Institutimizning 2019-yil 30-sentyabrdagi 6-majlis bayonining 12-bandiga asosan ya’ni Institutda talabalarni 5+1 (besh kun institutda va bir kun ishlab chiqarishda) tizimi asosida o‘qitishni joriy etish maqsadida, 5430500-Qishloq xo‘jaligida energiya ta’minoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi 2 kurs 201, 202 guruh talabalarini, 2020 - yilning 10 -mart kuni “ETvaEJF” kafedrasi dotsenti O‘.Xaliqnazarov va assistent N.Markaevlar “O‘zdonmahsulot” AK korxonasiga qarashli “Toshkent don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatiga borib, Texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirib, korxonaning tashkil qilinishi hozirgi faoliyati bilan korxona vakillari tomonidan tanishtirib chiqildi.
Talabalar “Toshkent don mahsulotlari” korxonasida ishlatiladigan elektr yoritgichlar, elektr motorlar, elektr qizdirgichlar, avtomatik boshqarish qurilmalari, himoya vositalari, past kuchlanishli transformatorlar va boshqa turdagi elektr uskunalarini montaj qilish, elektr xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda amalga oshirish ishlarini mutaxassislar tomonidan o‘rganishdi. Talabalar uchun bu dars mashg‘ulotlari juda qiziqarli o‘tdi. Talabalar o‘zlari qiziqqan savollarga mutaxassislarda yetarlicha javoblar olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati